Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Go‘sht mahsulotlari halolligini aniqlash bo‘yicha yangi tadqiqot loyihalari ishlab chiqildi
Raqamli imzolarning haqiqiyligini aniqlash hamda go‘sht va go‘sht mahsulotlarining halolligini aniqlash bo‘yicha yangi sud ekspertiza va tadqiqot loyihalari ishlab chiqildi. Bu haqda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori o‘rinbosari Uchqun Uzoqov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlik sohasida boy berilgan foydani aniqlash bo‘yicha yangi tadqiqot turini o‘tkazish bo‘yicha uslubiyat tayyorlandi va amaliyotga joriy etildi.
Shuningdek, raqamli imzolarning haqiqiyligini aniqlash hamda go‘sht va go‘sht mahsulotlarining halolligini aniqlash nomli yangi sud ekspertiza va tadqiqot turlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiyotlar loyihalari ishlab chiqildi.
Keng jamoatchilik vakillarini sud ekspertizasi to‘g‘risida dastlabki tushuncha va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Sud ekspertizaga oid masalalar” yuzasidan elektron amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi.
Barcha manfaatdor tashkilotlar xodimlari uchun mo‘ljallangan “Sud ballistika va izshunoslik atamalar lug‘ati” ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
22:11 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi
21:22 / 05.05.2025