Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bungacha viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Bahrom Nazarov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini tark etgan.

Foto: Jizzax viloyati hokimligi
Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Hamid Hasanov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hamid Alisher o‘g‘li Hasanov 2017 yilda Jizzax politexnika institutini bino va inshootlar qurilishi, sanoat va fuqaro binolari qurilishi bo‘yicha mutaxassisligini tamomlagan.
U hozirgacha Jizzax viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» DUK direktori lavozimida ishlayotgandi.
2021 yil 19 yanvaridan buyon Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahrom Nazarov (u ikki yil muqaddam viloyatdagi qurilish sohasidagi mojarolar ortidan ishdan olingan va keyinroq qamalgan Akrom Rahmonqulov o‘rnida ish boshlagandi) boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan vazifasidan ozod etilgan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025