Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtoqlik o‘yini. 7 ta gol kiritilgan bahsda «Bavariya» 90+1-daqiqadagi gol evaziga «Liverpul»ni mag‘lub etdi
«Bavariya» va «Liverpul» klubi Osiyodagi turne doirasida o‘zaro maydonga tushdi.
Singapurda o‘tgan bahsda Yurgen Klopp shogirdlari o‘yin davomida ikki marta hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Gakpo, van Deyk, Diasning goliga Gnabri, Sane, Stanishich javob qaytardi. 90+1-daqiqada esa Kretsig Myunxen klubiga g‘alaba keltirdi – 4:3.
O‘rtoqlik o‘yini. 2 avgust
Liverpul – Bavariya – 3:4
Gollar: 1:0 – 2 Gakpo, 2:0 – 28 van Deyk, 2:1 – 33 Gnabri, 2:2 – 42 Sane, 3:2 – 66 Dias, 3:3 – 80 Stanishich, 3:4 – 90+1 Kretsig.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Tsimikas, 62), Matip (Konate, 46), van Deyk (Kuansa, 76), Roberson (Elliott, 62), Soboslai (MakKonnel, 76), Mak Allister (Nunes, 46), Jons (Klark, 75), Saloh (Douk, 76), Diogu Jota (Dias, 46), Gakpo (Gomes, 62).
Bavariya – Zommer (Ulrayh, 46), Pavar (Kretsig, 61), Upamekano (Stanishich, 61), Kim Min Je (de Ligt, 46), Devis (Mazraviy, 61), Kimmih (Pavlovich, 69), Laymer (Goretska, 61), Sane (Koman, 46), Musiala (Ibrahimovich, 61), Gnabri (Gravenberh, 61), Tel (Sarr, 69).
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
00:38 / 27.05.2025
Liverpulda haydovchi mashinasini futbol ishqibozlari ustiga haydadi
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025