O‘zbekiston | 12:12 / 02.08.2023
11559
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yirik sanoat majmualari va sport obektlari bilan tanishish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, yangi korxonalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid