Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonda «binolarni tozalash» bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshiradi
Mazkur loyihani amalga oshirish 2024 yildan boshlanadi.
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi a’zolari Tokioga tashrifi davomida Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minoti vazirligi mas’ul xodimi X.Yamaguchi va Japan Building Maintenance Association raisi X.Xoriguchi bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda «binolarni tozalash» bo‘yicha sinovlarni O‘zbekistonda joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur loyihani amalga oshirish 2024 yildan boshlanishi belgilandi.
Loyiha ijrosini ta’minlash hamda tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilash maqsadida Japan Building Maintenance Association va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida shartnoma imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025