Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaradorlarni ziyorat qilgan Zelenskiy va texnikalarni ta’mirlayotgan harbiylar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 524-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Polsha 1 avgust kuni Belovej rayonida mamlakat hududiga belaruslarning ikki vertolyoti kirib kelganini bildirib, Belarusni havo kengligini buzishda aybladi. Varshava hodisa haqida NATOni xabardor qilgan. Belarus mudofaa vazirligi ayblovni rad etdi va Polsha shu yo‘l orqali chegarada kuch to‘playotganini oqlamoqchi ekanini taxmin qildi.
- Rossiyalik harbiylar Xersondagi shifoxonani o‘qqa tutdi. Ukraina SSV ma’lumotiga ko‘ra, bir shifokor halok bo‘lib, hamshira og‘ir yaralangan. Tibbiy xodimlardan yana to‘rt nafariga kontuziya tashxisi qo‘yilgan.
- Sevastopol yaqinida portlash ro‘y berdi. Anneksiya qilingan shaharning Rossiya ta’siri ostidagi ma’muriyati shahar hududida bitta dron urib tushirilgani haqida ma’lum qildi.
- Rossiyada bir kun ichida 10 dan ortiq harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yildi. Ayrim gumonlanuvchilar firibgarlar tomonidan aldanganini aytishmoqda.
- Ukraina tergovchilari Kiyev shahri va yana 10 oblastdagi harbiy komissariatlarda «xizmatdan bo‘yin tovlash bo‘yicha keng ko‘lamli sxema»ni fosh etishdi.
Moskva-Sitiga yangi zarba
Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari
1 avgustga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Xarkivni o‘qqa tutdi: shahar rahbari Igor Terexovning so‘zlariga ko‘ra, RF «o‘nga yaqin» kamikadze dron uchirgan — ukrainlar ularning yettitasini urib tushirgan.
Dronlardan biri Saltovka rayonidagi uch qavatli o‘quv muassasasi binosiga kelib urilgan, ikki qavatni qisman vayron qilgan va yong‘in keltirib chiqargan. Bu vaqtda binoda odam bo‘lmagan. Shuningdek, shaharning Shevchenkovo rayonida sport obekti shikastlangan: bir kishi tan jarohati olgan, uni shifoxonaga yotqizishgan. Yana bir dron yo‘lga qulagan.
Terexovning so‘zlariga ko‘ra, tungi zarbalardan keyin Xarkiv aholisining bir qismi elektr va ichimlik suvi ta’minotida muammoga uchragan, ammo 1 avgust kuni tongga kelib bu uzilishlar bartaraf etilgan. «Juda ko‘p odam ishlamoqda, barcha kommunal korxonalar xodimlari transport harakatini tiklash uchun vayronalarni tozalash ishlariga safarbar etilgan. Bizga bir-ikki kun kerak. Barchasi bu obektlar qanchalik vayron bo‘lganini ko‘rib chiqqanimizdan keyin ayon bo‘ladi, keyin esa bularning barini tiklaymiz», — deya qayd etgan shahar rahbari.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX / Cover Images / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiy Ivano-Frankovskdagi harbiy hospitalda
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Donetsk yaqinida yaralangan ukrain askari
Ukrainalik harbiy xizmatchi, 79-desant-shturm brigadasi minomyotchi-artilleriyachilari komandiri Sergey Raylyan 2022 yilda Donetsk oblastining Maryinka shahri yaqinida avtomobilida minaga tushib portlashi oqibatida ko‘rish qobiliyati va bir oyog‘ini yo‘qotgan. U bir necha oy mobaynida tiklanish jarayonini o‘tadi, endi esa uyida davolanishni davom ettirmoqda. Raylyanga protez oyoq qo‘ydirishga tayyorlanmoqda, yana yurishni o‘rganmoqda va ko‘rish qobiliyatining bir qismi tiklanishidan umid qilmoqda.
«O‘ng oyoqni ozroq, bir necha santimetr kesishga to‘g‘ri kelishi mumkin, ammo [vrachlar] shunday qilishlarini aytishdi. Ko‘rish bo‘yicha esa o‘shanda ham, hozir ham hech kim kafolat bermaydi», — degan Raylyan «Ozodlik radiosi»ga.
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Front bo‘yidagi shaharlar aholisiga yordam berayotgan ko‘ngillilar
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Harbiy texnikalarni ta’mirlayotgan ukrain harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025