12 nafar sudya odil kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan – Sudyalar oliy kengashi
Ta’kidlanishicha, 1 iyul holatiga sud tizimida vakant o‘rinlar soni 31 ta ni tashkil etadi.
2023 yilning o‘tgan olti oyida faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 128 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov ma’lum qildi.
Bundan tashqari:
● 12 nafar sudya odil sudlovni amalga oshirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi hamda Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etmaganligi uchun;
● 11 nafar sudya o‘z arizasiga ko‘ra;
● 1 nafar sudya boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan;
● jami 22 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
“Sudyalarni tayinlash, joy-joyiga qo‘yish, bo‘sh lavozimlar uchun ochiq va oshkora o‘tkazilgan tanlovlar natijasida o‘tgan olti oyda 133 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlandi. Ularning 55 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatda 10 yillik muddatiga, 3 nafari muddatsiz davrga, 72 nafari vakolati muddati davriga yuqori va boshqa sudyalik lavozimlariga, 3 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovlarga oid ochiq tanlovlarda vakolat muddati tugagan 6 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq deb topildi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, joriy yilning 1 iyul holatiga sud tizimida vakant o‘rinlar soni 31 ta ni tashkil etadi, 2020 yil 1 iyulda esa vakant o‘rinlar soni 238 tani tashkil etgan”, deya Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ta’kidlanishicha, Sudyalar oliy kengashi tomonidan ishga tushirilgan sudyalar faoliyati samaradorligini ochiq va shaffof baholash bo‘yicha milliy elektron reytingda samaradorlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 20 nafar sudya prezident farmoni asosida ta’sis etilgan “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlangan.
37 nafar sudya va sud faxriylariga “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi. Samaradorlik ko‘rsatkichi qoniqarsiz (56 balldan past) bo‘lgan 27 nafar sudyaning malakasini oshirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilgan.
Avvalroq jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudi sudyasi 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingani haqida xabar bergandik.
2022 yilda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining bir nafar va Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining ikki nafar sobiq sudyalari jinoyat ishi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingandi.
2021 yilda 220 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan, 19 nafar sudya esa vazifasidan bo‘shatilgandi.
Mavzuga oid
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
11:05 / 10.11.2024