Jahon | 08:22 / 03.08.2023
8401
2 daqiqa o‘qiladi

iStories: «Vagner» XHK askarlarni yollashda davom etmoqda

«Vagner» XHK askarlarni yollashda davom etmoqda, kompaniya egasi Yevgeniy Prigojin esa 31 iyul kuni yangi jangchilarni yollashni to‘xtatganini va «vatanga kerak bo‘lganda» uni qaytadan boshlashini ma’lum qilgandi. Bu haqda «vagnerchilar»ning maxsus chatlaridagi ma’lumotlarga tayanib, «Vajnyye istorii» nashri xabar bermoqda. 

Xususan, ishga qabul qilish Omskdagi «Desantnik» pravoslav sport klubi va Novosibirskdagi XHK punktlaridan biri orqali amalga oshirilyapti

Aytilishicha, yollanma askarlar Prigojinning «Afrika» loyihalarida ishtirok etish uchun jalb qilinmoqda.

«Homiy»-kompaniyalar Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashdan biroz oldin erkaklarni ishga olyapti, keyin ularga «mukofot puli» beryapti, deb aniqlagandi avvalroq «Vajnyye istorii» jurnalistlari.

Rossiyalik milliarderlar Oleg Deripaska, Leonid Mixelson, Sergey Gordeyev, Mixail Gutseriyev va boshqalar Ukrainaga jangga borishga tayyor bo‘lgan erkaklarni o‘z kompaniyalariga yollayapti va ularga shartnoma asosidagi xizmat uchun «mukofot puli» to‘layapti. Bu haqda 1 avgust kuni «Vajnyye istorii» (iStories) internet nashri yozgan. 

Jurnalistlar «Redut» XHKning sobiq yollanma askari, hozirda Rossiya qurolli kuchlarining bir qismi bo‘lgan «Sokol» «ko‘ngillilar» batalonida vzvod komandiri hisoblanuvchi Igor Sergiyenko bilan suhbatlashdi. Sergiyenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning maoshi ikki manbadan olinadi: 200 000 rubl shartnoma bo‘yicha xizmat uchun RF Mudofaa vazirligi tomonidan to‘lanadi, yana 100 000 rubl - «homiy» kompaniya tomonidan. 

Mavzuga oid