Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eronda saqlanayotgan Abu Ali ibn Sino qo‘lyozmalarining alohida reyestri tuziladi
“Ibn Sino” jamoat fondi va Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Abu Ali Ibn Sino boy ilmiy va madaniy merosini o‘rganish maqsadida 14-22 iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga birinchi ilmiy ekspeditsiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ilmiy ekspeditsiya doirasida Tehron, Qum, Isfahon va Hamadan shaharlarida joylashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, kutubxonalar, universitetlar va fondlar faoliyati bilan tanishilgani barobarida davra suhbatlari tashkil etildi.
“Ibn Sino” jamg‘armasi Eron milliy kutubxonasi va arxiviga O‘zbekiston olimlari ilmiy ishlarining mahsuli bo‘lmish o‘zbek tilidagi yangi tahrirdagi 5 jildlik “Tib qonuni” kitobini, Ibn Sino jamg‘armasi huzuridagi ilmiy guruh mehnati mahsuli bo‘lgan beshta tilda nashrdan chiqqan Abu Ali ibn Sino atamalarining o‘zbek, rus, ingliz, arab va lotin tillaridagi lug‘ati hamda O‘zbekiston Madaniy meros agentligi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma asarlar reyestri”ni (1-jild) taqdim etdi.
Ushbu kitoblar Eron tomoniga “Ibn Sino” jamoat fondi boshqaruvi raisi Nozim Mahmudov tomonidan kelgusi ilmiy hamkorlik taklifi bilan taqdim etildi. Xususan, hamkorlik doirasida besh tilli lug‘atni oltinchi til – fors tiliga birgalikda o‘girish, shuningdek, O‘zbekiston va Eronda saqlanayotgan Abu Ali ibn Sino qo‘lyozmalarining alohida reyestrini yaratish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
13:43 / 17.01.2025
Malayziyadagi qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi
20:36 / 13.09.2024
AQShda Yalangto‘sh Bahodirga taalluqli noyob qo‘lyozma topildi
10:17 / 20.02.2024
O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga tashrifi chog‘ida Abu Ali ibn Sino qabrini ziyorat qildi
08:06 / 06.07.2023