Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Andijonda quyosh fotoelektr stansiyasi quradi
Andijon viloyatida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish Xitoyning PowerChina International Group Limited kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning may oyida Xitoyga bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi tashrif doirasida O‘zbekiston energetika vazirligi bilan PowerChina International Group Limited kompaniyasi o‘rtasida Andijon viloyatining Andijon tumanida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan.
Ushbu hujjatga asosan joriy yilning 31 iyul kuni energetika vazirligi, Andijon viloyati hokimiyati va PowerChina International Group Limited kompaniyasi o‘rtasida loyihani amalga oshirishning asosiy shartlarini belgilovchi shartnoma imzolandi.
Mazkur shartnomaga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- loyiha doirasida joriy yilning sentabr oyida qurilish ishlari boshlanishi, quyosh fotoelektr stansiyasining dastlabki 100 MVt quvvati 2024 yil 1 aprelga qadar va to‘liq quvvati 2024 yil 30 noyabrga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan;
- mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushgach, yiliga 700 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 212 million kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga 294 ming tonna zararli issiqxona gazlarining chiqishi oldi olinadi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025