Jahon | 15:57 / 06.08.2023
23445
10 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab navbatdagi zarbalar va Donbassdagi yaradorlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 528-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Zaporijjya shahri chekkasida zarba oqibatida yong‘in chiqqan.
  • Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar «Motor Sich» korxonasi va Xmelnitskaya oblastiga hujum qilgan. Raketalarning bir qismi urib tushirilgan.
  • Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukrainadagi urushga tinch yo‘l bilan barham berish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Unga Rossiyani taklif etishmagan.
  • Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya harbiy xarajatlarini oshirgan — budjetning uchdan bir qismi hajmida.
  • BBC va «Mediazona» Ukrainada halok bo‘lgan 29 mingdan ortiq rossiyalik harbiy shaxsini tasdiqladi.
  • RF mudofaa vazirligi AQSh harbiy-havo kuchlari razvedkachi droni Qora dengiz ustida Rossiya chegaralariga yaqin kelgani haqida xabar qildi. Su-30 qiruvchisi havoga ko‘tarilgan.
  • Novorossiyskka dengiz dronlari hujum qildi. Rossiyaning «Olenegorskiy gornyak» nomli katta desant kemasi shikastlangan.
  • Rossiyaliklar tankeri Kerch bo‘g‘ozida dengiz droni hujumi oqibatida shikastlandi. Ukrain nashrlariga ko‘ra, bu hujum Ukraina xavfsizlik xizmatining maxsus amaliyoti bo‘lgan.
  • Ukraina RFning Qora dengizdagi portlari akvatoriyasini harbiy tahdid zonasi deb e’lon qildi.
  • «Agar rossiyaliklar „qasir-qusir“ tinishini istashsa, ular Ukraina hududiy suvlari va bizning yerlarimizni tark etishi kerak». Ukraina xavfsizlik xizmati RF kemalariga dengiz dronlari hujumini shunday izohladi.

Rossiyaning Novorossiysk portida kamikadze kater hujumidan shikastlangan desant kemasi

2023 yil 4 avgust kuni olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirida ukrainaliklarning kamikadze kateri hujumiga uchragan «Olenegorskiy gornyak» katta desant kemasidagi shikastlanishlar ko‘zga tashlanadi. Kemaning chap borti qiyshaygan, ammo u suzish qobiliyatini saqlab qolgan va shatakka olinib, prichalga keltirilgan.

Ukrainlarning bir necha yuz kilogramm portlovchi moddalar o‘rnatilgan ekipajsiz katerlari so‘nggi oylarda RF Qora dengiz floti kemalari va boshqa nishonlarga ko‘p bor hujum uyushtirdi — va bu hujumlarning aksari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Ammo iyul va avgust oylarida Ukraina bunday dronlar vositasida Qrim ko‘prigi, desant kemasi, 5 avgustga o‘tar kechasi esa — RF QKning Suriyadagi harbiy bazasiga yuk tashishda foydalanilgan tankerga zarar yetkazdi.

Novorossiyskdagi prichalga olib kelingan «Olenegorskiy gornyak» kemasining chap tomonida yong‘in izlari qolgan
Planet Labs PBC / AP / Scanpix / LETA

Kupyanskdagi qon quyish markazida chiqqan yong‘in

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkiv oblasti sharqidagi Kupyansk shahrida qon quyish markazi binosiga boshqariluvchi aviabomba kelib urilganini xabar qildi. Shahar RF QK bilan jangovar tutashuv chizig‘idan o‘n kilometr masofada joylashgan.

«Qurbonlar va yaralanganlar bor. Hamdardligimni bildiraman!» — deyilgan Zelenskiyning rasmiy telegram-kanalida. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, shaharga soat 20:20 da zarba berilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi yaralangan. Ukraina QK ma’lumotiga ko‘ra, Kupyansk yo‘nalishida so‘nggi kunlarda Figolovka, Dvurechnaya, Zapadnoye, Kislovka va Berestovo qishloqlari ham artilleriya va minomyotlardan o‘qqa tutilgan.

Volodimir Zelenskiyning telegram-kanalida e’lon qilingan surat. Qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar Kupyanskdagi qon quyish markaziga aviabomba tushishi oqibatida chiqqan yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda.
Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Vuhledardagi vaziyat

Vuhledar — Donetsk oblastidagi konchilar shaharchasi bo‘lib, urushga qadar bu yerda 15 mingga yaqin kishi yashagan. Keng ko‘lamli bosqin boshlanishi bilan ushbu shahar harbiy to‘qnashuvlar chizig‘ida qoladi: atrofdagi aholi yashash manzillari, xususan bir necha kilometr janubda joylashgan Pavlivka va Nikolske Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan.

Nikolske bosqinning ilk kunlaridayoq RF qurolli kuchlari tomonidan egallangan bo‘lsa, Pavlivka uchun 2022 yil noyabr oyida uzoq muddatli janglar boshlangandi. Vuhledar rossiyaliklar zarbalaridan jiddiy jabrlangan va shaharda yashash sharoitlari og‘irlashgan, shunga qaramay bu yerda ma’lum miqdorda mahalliy aholi vakillari yashashda davom etmoqda.

Ukrain armiyasi kapellani (dala ruhoniysi) shaharda qolgan vuhledarliklar bilan gaplashmoqda.
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Vuhledar aholisi vakili urush keltirgan vayrongarchilik fonida.
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Vuhledar artilleriyadan o‘qqa tutilishi oqibatida shikastlangan ko‘p qavatli uylardan biri.
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik askarlar shahar chekkasida
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi ukrain artilleriyachilari 

Ukrainalik askarlar Donetsk oblastining Velika Novosilka rayoni hududida M109 rusumli o‘ziyurar gaubitsasidan o‘t ochmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
M109 gaubitsasi 1950-yillardayoq ishlab chiqilgan va o‘tgan vaqt mobaynida dunyoda AQSh ishtirok etgan barcha qurolli mojarolarda qo‘llangan. Qurilmaning ko‘p modifikatsiyalari yaratilgan, ammo u hamon dunyoning ko‘plab armiyalarida mavjud. Ukrainaga turli modifikatsiyalardagi M109 gaubitsalaridan jami 80 ta yetkazib berilgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK Velika Novosilka rayonida M109 gaubitsalari va boshqa artilleriya qurilmalaridan yozgi qarshi hujumda Rossiya mudofaasini yorib o‘tish uchun foydalanmoqda. Iyun oyi boshida Velika Novosilka rayoni markazidan janubga qarab harakatlanib, Mokriye Yali daryosi bo‘yida bir necha qishloqlarni ozod qilgan Ukraina QK bo‘linmalari yurishi iyul oyida to‘xtab qolgan. Qanotlardagi tepaliklarni egallamasdan turib daryo bo‘ylab janubga siljish imkonsizligi ma’lum bo‘lgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dastlabki muvaffaqiyatsizliklardan keyin ukrain kuchlari zaxiralarni ishga solgan va Velika Novosilkaning g‘arbiy qanotida yirik yurish boshlagan; ular Rovnopol qishlog‘ini ozod etib, janubga qarab harakatlangan. Iyul oyi oxiriga kelib Ukraina QK Priyutne va Staromayorskoye qishloqlarini shturm qilishga kirishdi. Ikkinchi qishloqning shimoliy chekkalari egallangan, ammo hozircha bu qishloq ukrain kuchlarining to‘liq nazoratiga o‘tgani xabar qilinmagan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetskdagi Iqtisodiyot va savdo universiteti birinchi korpusida yong‘in chiqqan joyda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar. Bino 6 avgustga o‘tar kechasi yo‘llangan zarbalardan shikastlangan. «DXR» rasmiylari Ukraina QK zarba berishda kassetali snaryadlardan to‘rttasini qo‘llaganini ma’lum qilgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskdagi Iqtisodiyot va savdo universitetining yong‘in ichida qolgan birinchi korpusida zina bo‘ylab ko‘tarilayotgan qutqaruvchi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida yaralangan ukrain askarlariga yordam ko‘rsatilishi

Donetsk oblastidagi oldingi chiziq yaqinida yaradorlar to‘plangan punktga kelgan tibbiyot xodimlarining zirhlangan avtomobili
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Harbiy mediklar yarador askarni evakuatsiya mashinasiga chiqarishmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik yarador harbiy xizmatchilar evakuatsiyani kutishmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Nyu-York posyolkasi atrofidagi janglar

Baxmutdan janubda joylashgan Nyu-York posyolkasidagi (sovet davridagi nomi — Novgorodskoye) Ukraina QK 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi askarlari. Bu hududda front chizig‘i 2015 yildan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi askarlarining Nyu-York atrofidagi pozitsiyadagi buyumlari
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Afsonalarga ko‘ra, Nyu-York posyolkasiga XIX asrda, zo‘ravonlik qilmaslik va qarshilik ko‘rsatmaslikni targ‘ib qiluvchi oqim tarafdorlari bo‘lgan niderlandiyalik mennonitlar tomonidan asos solingan. 2014 yilda boshlangan urushga qadar bu yerda 10 mingga yaqin kishi yashagan. 2022 yil fevralidan buyon Nyu-York tez-tez Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutilmoqda.
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Nyu-York yaqinidagi eski minalangan maydon
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Nyu-York yaqinidagi transheyada ketayotgan ukrain askari
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Oldingi chiziqdagi ukrainalik dron operatori

Ukraina QK 108-brigadasi jangchisi Zaporijjya oblastidagi front chizig‘ida razvedka droni uchirmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid