Fan-texnika | 15:55 / 07.08.2023
69346
2 daqiqa o‘qiladi

100 kmga 4,5 litr benzin - Toyota Corolla Cross gibrid krossoveri taqdim etildi

Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi 6 avgust kuni Xitoyda gibrid krossover — Toyota Corolla Cross’ni taqdim etdi. Bungacha ushbu modelning faqat benzinda harakatlanadigan versiyasi ishlab chiqarilar edi.

Corolla Cross 2 litr hajmli benzinda harakatlanadigan dvigatel bilan jihozlangan, o‘z navbatida u elektromotor bilan hamkorlikda ishlaydi. Dvigatellar jami 195 ot kuchini beradi. Krossover 100 km masofaga 4,56 litr benzin sarf qilishi qayd etilgan.

Mashinaning uzunligi 4460 mm, eni 1825 mm, bo‘yi 1620 mmni, g‘ildiraklar bazasi esa 2640 mmni tashkil qiladi. Yukxona sig‘imi esa 427 litrni tashkil qiladi.

Avtomobil xaridorlarga 6 xil komplektatsiyada taqdim qilinadi. Bazaviy versiya uchun 19,5 ming dollar narx belgilangan. Top komplektatsiya uchun 25,9 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

Top versiya teridan ishlov berilgan salon, 10,25 dyuymlik mediatizimni boshqarish displeyi bilan ta’minlangan. Shuningdek, Apple CarPlay va Huawei HiCar kabi interfeyslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari,  unda T-Pilot va Toyota Connect kabi qulayliklar ham joriy etilgan.

Mavzuga oid