Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Yevropaning yirik kompaniyalari urush boshidan beri Rossiyadagi ishi tufayli 100 mlrd yevro yo‘qotdi
Urush boshidan beri Yevropa kompaniyalarining Rossiyadagi faoliyati bilan bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlari 100 milliard yevrodan oshdi. Bu haqda Financial Times 600 ta eng yirik kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga tayanib xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Yevropaning 176 kompaniyasi o‘z aktivlarining qadrsizlanishi, valuta kursi bilan bog‘liq, shuningdek, biznesni sotish, yopish yoki qisqartirish bilan bog‘liq xarajatlarga duch kelgan.
40 milliard yevrolik zarar neft va gaz sohasidagi uchta kompaniyaga to‘g‘ri keldi: BP, Shell va TotalEnergies. Ularning yo‘qotishlari neft va gaz narxining oshishi hisobiga qoplandi, natijada ular uchun rekord darajadagi umumiy foyda 95 milliard yevroni tashkil etdi, deb yozadi FT.
Banklar, sug‘urta va investitsiya kompaniyalari 17,5 milliard yevro, avtomobil ishlab chiqaruvchilari 13,6 milliard yevro yo‘qotdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025