Iroqda Telegram bloklandi
Iroq Aloqa vazirligi messenjer bloklanishini milliy xavfsizlik va fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish zarurati bilan izohladi.
Iroq hukumati mamlakatda Telegram messenjeri bloklangani haqida xabar berdi. Bu qaror «yuqori organlarning mamlakat milliy xavfsizligi bilan bog‘liq ko‘rsatmalari, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash maqsadida qabul qilindi», — deyiladi Iroq Aloqa vazirligi 6 avgust, yakshanba kuni e’lon qilgan bayonotda.
Hujjatda qayd etilishicha, Iroq davlat idoralari Telegram boshqaruv kompaniyasidan «rasmiy davlat idoralari ma’lumotlari va fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqishi uchun javobgar bo‘lgan platformalarni yopish bo‘yicha hamkorlik qilish»ni bir necha bor so‘ragan. Biroq, idoraga ko‘ra, kompaniya bu murojaatlarga e’tibor bermagan.
«Aloqa vazirligi fuqarolarning so‘z erkinligi, davlat va uning institutlari xavfsizligiga zarar yetkazmasdan muloqot qilish huquqlariga hurmat bilan qarashini yana bir bor tasdiqlaydi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Telegram faqat Eron va Xitoyda to‘liq bloklangan edi. Turli vaqtlarda messenjerning faoliyati Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Braziliya, Hindiston, Indoneziyada vaqtincha cheklangan.
Mavzuga oid
18:23 / 14.10.2024
Qozog‘istonda Telegram ofisi ochiladi
23:45 / 11.10.2024
Kavkaz aholisi Ramzan Qodirovga qarshi postlardan keyin Telegram faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini ma’lum qildi
01:17 / 11.10.2024
Durov «VKontakte» qanday yaratilganini so‘zlab berdi
12:02 / 09.10.2024