Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada neft sizib chiqishi sababli «Drujba» quvuri ishi to‘xtatildi
Rossiyadan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga neft olib o‘tuvchi «Drujba» neft quvurining shimoliy tarmog‘ida sizib chiqishi aniqlandi. Hodisa sabablari haqida xabar berilmagan.
Belarus va Polsha orqali Germaniyaga o‘tuvchi «Drujba» neft quvurining shimoliy tarmog‘ida sizib chiqishi aniqlandi. Bu haqda 5 avgust, shanba kuni «Drujba» neft quvurining Polsha uchastkasi operatori PERN ma’lum qildi va sizib chiqish Polsha markazidagi Xodech shahri yaqinida sodir bo‘lganini ta’kidladi. Ushbu neft quvuri orqali neftni yetkazib berish to‘xtatilgan, hodisa sabablari haqida hech narsa ma’lum emas.
PERN kompaniyasining xabar berishicha, sizib chiqqan joyda davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va kompaniya favqulodda xizmatlari ishlamoqda. Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng, ifloslangan tuproqni qayta tiklash boshlanadi, deb xabar qildi PERN. U voqea Polshada yonilg‘i bilan bog‘liq holatga ta’sir qilmasligi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, neft quvuri ishi 8 avgust kuni ertalab tiklanishi mumkinligi haqida xabar berildi.
«PERN infratuzilmasining boshqa elementlari, jumladan, tankerlar bilan Polshaga, so‘ngra Germaniyaga kelayotgan xom neftni haydash uchun foydalaniladigan Pomorskiy uchastkasi normal ishlayapti», — deya qo‘shimcha qildi kompaniya.
Ilgari Rossiya nefti ham Germaniyaga «Drujba»ning shimoliy tarmog‘i orqali yetkazib berilgan, biroq Rossiyaning Ukrainaga to‘liq bostirib kirishidan keyin Germaniya Rossiyadan xom neft qabul qilishdan bosh tortishga qaror qildi. Ayni vaqtda Qozog‘iston nefti «Drujba» orqali Germaniyaga borgan. 2022 yil oktyabr oyida PERN Plotsk shahri yaqinida sizib chiqish aniqlangani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025