Jamiyat | 08:19 / 07.08.2023
16844
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 20 kishi evakuatsiya qilindi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Foto: FVB

Kecha, 6 avgust kuni soat 18:59 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Beshkapa” MFY, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘inga soat 19:06 da yetib borilib, soat 19:25 da o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta yong‘in-qutqaruv otryadi bo‘linmasi jalb etilgan.

Yong‘in natijasida 15 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish jarayonida ushbu uy qavatlaridan 20 nafar fuqarolar qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Mavzuga oid