Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIning Gurjistondagi kuzatuvchilar missiyasi rahbari: Rossiya Abxaziyadagi kontingentini qisqartirdi
Ukrainada davom etayotgan harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya, aftidan, Janubiy Osetiya va Abxaziyadan qo‘shin va texnika olib kelgan.
YeIning Gurjistondagi kuzatuvchilar missiyasi rahbari Dimitrios Karabalisning so‘zlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri mintaqadagi Rossiya kontingenti sezilarli darajada qisqargan.
Yevroittifoq missiyasi mojaroning kuchayishi xavfini ko‘rmayotganini, chunki Rossiya va Gurjiston tomoniga xodimlar va texnika yetishmasligini ta’kidladi.
Avvalroq, 1 avgustdan Gurjiston Rossiya va Belarusga Amerika avtomobillarini eksport va reeksport qilishni taqiqlagandi, 26 sentabrdan esa xuddi shunday qoidalar Yevropa Ittifoqi avtomobillariga nisbatan qo‘llanadi.
Ushbu chora-tadbirlar Yevropa Ittifoqining o‘n birinchi sanksiyalar paketining bir qismi sifatida kiritilmoqda.
U qabul qilinishidan oldin, Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga qiymati 50 ming yevrodan ortiq bo‘lgan avtomobillarni yetkazib berish taqiqlangan edi, keyin taqiq dvigatel hajmi 1900 kub sm (1,9 l)dan ortiq bo‘lgan avtomobillarga, shuningdek, barcha elektr va gibrid transport vositalariga ham qo‘llandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025