Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon davlat tibbiyot instituti mas’ullari ishdan olindi, rektor ham ishdan ketishi mumkin
Avvalroq mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 19 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olingandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan hay’at yig‘ilishida tibbiy ta’lim sohasidagi ishlar, bu boradagi mavjud kamchiliklar xususida ham so‘z yuritildi.
Jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutidagi korrupsion holatlar tanqid ostiga olinib, oliy o‘quv yurti mas’ullariga bu borada jiddiy e’tirozlar bildirildi.
Yakunda institut bosh hisobchisi A.Rahmonov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i D.Nazarova, Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i A.Ahmedova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i X.Aliyev, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Q.Yusupov zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagani, o‘z faoliyatida jiddiy kamchilik va qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygani sababli egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Qolaversa, institut rektori M.Madazimovni korrupsion holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi holat va shart-sharoitlarni bartaraf etishda qat’iyatsizlik ko‘rsatgani va korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha taklif tayyorlash belgilandi.
- Iyul oyida DXX mazkur institut dekani o‘rinbosari A.N. hamda kafedra assistenti K.X. fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ulardan biridan 19 ming dollar olingan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. Hozir mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025