O‘zbekiston | 13:17 / 09.08.2023
8966
2 daqiqa o‘qiladi

«Chimyon» kurortini qurish bo‘yicha loyiha ishlari boshlandi

Prezidentning “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

2022 yil 22 noyabrda O‘zbekiston hukumati va Fransiya hukumati o‘rtasida 47,9 mln yevro miqdoridagi qarz mablag‘larini jalb qilish yuzasidan amalga oshiruv kelishuvi imzolangan.

Loyiha doirasida “O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan 20 mln AQSh dollari miqdorida taqdim etiladigan kreditning garov ta’minoti sifatida “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi” davlat unitar korxonasi tomonidan sotib olinadigan uskunalar belgilandi.

Bojxona kodeksi asosida O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bo‘yicha to‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlarga bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari beriladi.

Hosil bo‘ladigan QQS summasini tezlashtirilgan tartibda qoplash (qaytarib berish)ni ta’minlash topshirildi.

Loyiha ofisi bilan tuzilgan shartnomalar doirasida transport tashkilotlari O‘zbekiston bojxona hududiga kirish yig‘imlaridan va umumfoydalaniladigan avtomobil yo‘llarida og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining harakatlanishi uchun to‘lovlardan ozod etiladi.

Loyiha ofisi, bosh pudratchi va loyiha tashkilotlariga O‘zbekistonga olib kirilayotgan tovarlar, jihozlar va uskunalarni “bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda pudratchi tashkilotlarning omborlariga joylashtirishga ruxsat berildi.

Mavzuga oid