Donetsk o‘qqa tutilishi va Mariupol okkupatsiyasi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 531-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Bosh prokuraturasi va IIV rossiyaliklarni harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yishga majbur qilgan firibgarlik sxemasi haqida e’lon qildi.
- Polsha Belarus bilan chegaraga qo‘shimcha harbiylar yubordi, rasmiylar bu hududga «Vagner» XHK yollanma jangchilari o‘rnasha boshlaganidan keyin chegarani mustahkamlashga qaror qilgan.
- AQSh Ukrainaga Abrams tanklarining ilk partiyasini yuborishni ma’qulladi.
- Pokrovsk o‘qqa tutilib, kamida yetti kishi halok bo‘lganining ertasiga Rossiya mudofaa vazirligi bu hududda Ukraina qo‘shinlari guruhining «oldingi boshqaruv punkti»ga zarba berilganini ma’lum qildi. Ukraina QK general Konashenkovning bu bayonotini yolg‘on deb atadi.
- Ayrim z-blogerlar ukrainlarning bir necha o‘n jangchidan iborat bo‘linmasi Dnipro daryosining chap sohilidagi Kazachi Lagerga kirib kelgani haqida xabar berdi. U yerda aynan nimalar bo‘layotgani haqida ishonchli ma’lumot yo‘q. Rossiyadagi manbalar ushbu aholi yashash manzili Rossiya armiyasi nazoratida ekanini, ammo ukrain harbiylari chindan ham daryoning bu sohilida bo‘lib turganini aytmoqda; ukrain manbalari esa bu haqda hech narsa demayapti.
- Belgiya va Germaniyadagi nashrlar nemislarning Rheinmetall harbiy-sanoat konserni Belgiya firmasidan Leopard-1 rusumli 50 dona eski tankni sotib olib, ulardan taxminan 30 ta jangga yaroqli tank tayyorlab, qaytadan jihozlab, Ukrainaga yuborayotgani haqida xabar berdi.
Ukraina QK artilleriya pozitsiyasini pana qilib turgan pulemyotchi
Donetsk oblastidagi ukrain tankchilari
Pokrovsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Donetsk o‘qqa tutilishi
Okkupatsiya ostidagi hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina QK 8 avgust kuni davomida Donetskka 95 bor zarba bergan — tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lib, 11 kishi yaralangan, ulardan biri 2012 yilda tug‘ilgan boladir. 24 ta uy va 10 ta fuqarolik infratuzilma obektlari zararlangan. VGTRK «harbiy muxbiri» Andrey Rudenkoning yozishicha, «Rossiya 24» telekanali tasvirga olish guruhi ham zarba ostida qolgan —hech kim jabrlanmagan. Ukraina tomoni bu zarbalar yuzasidan munosabat bildirmadi.
Frontning turli chekkalaridan suratlar
Mariupoldagi zavodga kirishda o‘rnatilgan nazorat-o‘tkazish punkti
Mavzuga oid
09:31
The Economist Ukrainaning yo‘qotishlarini 60-100 ming kishiga baholadi
09:14
Volin qirg‘ini: Ukraina va Polsha eksgumatsiya haqida kelishib oldi
00:28
AQSh Ukrainani harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 18 ga tushirishga chaqirmoqda
21:58 / 27.11.2024