O‘zbekistonda xalqaro tijorat sudini tashkil qilish imkoniyati o‘rganilyapti
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini shakllantiruvchi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish va mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarining raqobatbardoshligi va jozibadorligini yuksaltirishga qaratilgan boshqa vositalarni joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Suma Chakrabarti 2020 yil sentabr oyida O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi etib tayinlangan edi. 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligacha YeTTB prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Ilgari u Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot departamentida (2002-2007) va Adliya vazirligida (2007-2012) doimiy kotib lavozimlarida ishlab kelgan.
Mavzuga oid

08:54
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025
Moskva sudi «jurnalistlar ishi» bo‘yicha hukm chiqardi

18:15 / 28.03.2025
Sud futbolchi Dani Alvesning 4,5 yillik qamoq hukmini bekor qildi

11:52 / 22.03.2025