O‘zbekiston | 07:37 / 09.08.2023
6616
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida mahkumni og‘ir mehnatga jalb qilmaslikni va’da qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, unda fuqaro O.Z. manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan Yo.S.ning opasi D.M.ga o‘zini Qibray tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi ish boshqaruvchisi deb tanishtirib, uning ukasi Yo.S. ushbu g‘isht zavodiga shartnoma asosida ishlash uchun biriktirilganidan foydalanib, uni og‘ir mehnatga jalb qilmaslik va yengil sharoit yaratib berish evaziga 8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid