Toshkent metropolitenining yerusti yo‘li bekatlariga nom berildi
Hukumat qarori bilan Toshkent yerusti metrosining jami 19 ta bekati raqamlar bilan emas, alohida nomlar bilan ataladigan bo‘ldi. Berilgan nomlar orasida «Texnopark», «Tuzel», «Rohat», «Choshtepa», «O‘zgarish» kabilari ham bor.
9 avgust kuni qabul qilingan 349-sonli hukumat qarori bilan Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» yerusti metro halqa yo‘lining 19 ta bekatiga nom berildi.
Endilikda «Do‘stlik – Qo‘yliq» yo‘nalishining 14 ta, «Chilonzor» yo‘lining «Olmazor – Sergeli» yo‘nalishidagi 5 ta bekati quyidagi nomlar bilan ataladi.
Ma’lumot uchun, dekabr oyida Toshkent shahar hokimiyati tomonidan geonom.tashkent.uz sayti ishga tushirilib, u orqali poytaxt metrosining yangi qurilgan 19 ta bekatiga nom tanlash bo‘yicha aholi takliflarini yig‘ish boshlangandi.
19 dekabrda jarayon yakunlanib, 2 mingga yaqin takliflar maxsus ishchi guruh tomonidan saralanib, har bitta bekat uchun uchtadan nom saralab olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, OAV vakillari, blogerlardan iborat ishchi guruh «Geografik obektlar nomlari to‘g‘risida»gi qonun talablari asosida hamda davlat tilida toponimlar yozilishi belgilangan qoidalariga muvofiq, kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab olgan.
Keyinroq 4-18 aprel kunlarida bekat nomlari uchun ovoz berish ham bo‘lib o‘tdi. Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritishga taqdim etilishi belgilangandi.
Mavzuga oid
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024