DXX qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 11 kg «opiy»ni musodara qildi
Giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida, Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qo‘shni davlat hududidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan katta miqdordagi narkotik modda topildi.

Videodan kadr
DXX xabariga ko‘ra, Muzrabot tumanining chegara hududidan o‘tuvchi Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasiga noma’lum shaxslar tomonidan yashirib ketilgan 1 dona polietilen qop topilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning ichida 10 dona o‘ramda giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘ramlarda sof vazni 10 kg 38 gr bo‘lgan “opiy” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu narkotik modda egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Surxondaryo – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli avtomashina Ko‘kdala tumanida joylashgan “Umakay” YPX maskanida to‘xtatildi.
Denov tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan ushbu avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida, uning salon qismiga yashirib qo‘yilgan 935 gr “opiy” va 200 gr “gashish” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi

08:07 / 10.04.2025
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

11:54 / 28.03.2025
Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

10:32 / 28.03.2025