Jahon | 08:33 / 12.08.2023
7082
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi xodimlariga Apple texnikasidan foydalanishni taqiqladi

Xodimlariga «FSB» josuslik vositasi deb hisoblaydigan Apple texnikasidan foydalanishni taqiqlayotgan Rossiya idoralari soni ortib bormoqda. 

Foto: RIA Novosti/Ramil Sitdikov

Rossiya Raqamli rivojlanish, aloqa va telekommunikatsiyalar vazirligi o‘z xodimlariga Apple qurilmalaridan xizmat maqsadlarida foydalanishni taqiqladi, deb xabar berdi 11 avgust, juma kuni idora boshlig‘i Maqsut Shadayev. 

«Ish ilovalariga va ish yozishmalariga kirish uchun mobil qurilmalardan, mos ravishda smartfon va planshetlardan foydalanishni taqiqlash joriy etildi. Boshqa hech qanday cheklovlar joriy etilmayapti. Ayfonlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish mumkin», - deya Shadayev so‘zlarini keltiradi «Interfaks». 

Boshqa kompaniyalarning uskunalariga shunga o‘xshash cheklovlar joriy etilmagan. «Agar Android tizimida ishlaydigan telefondan foydalanish imkoni bo‘lmasa, u holda pochta va hujjatlar almashinuvi uchun kompyuter uskunasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi», — dedi Shadayev hamda idora xodimlari uchun yangi telefon yoki planshetlar sotib olish rejalashtirilmayotganini qo‘shimcha qildi. 

«FSB» «Amerika maxsus xizmatlarining Apple bilan operatsiya» haqida ma’lum qildi 

Avvalroq Sanoat va savdo vazirligi, Ta’lim vazirligi va «Rostex» Apple uskunasidan rasmiy maqsadlarda foydalanishni taqiqlagan edi, deb eslatadi «Interfaks». Bu Federal xavfsizlik xizmatining «Amerika maxsus xizmatlarining Apple uskunalarida zararli dasturlardan foydalanish bilan bog‘liq operatsiyasi» fosh etilgani haqidagi bayonotidan keyin sodir bo‘ldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid