Dollar kursi 16 oy ichida birinchi marta 100 rubldan oshdi
Moskva birjasidagi savdolar chog‘ida dollar so‘nggi 16 oy ichida birinchi marta 100 rubldan oshdi. AQSh valutasi oxirgi marta 2022 yilning mart oyida ushbu belgidan yuqori baholangan.
Moskva birjasidagi savdolarda dollar kursi 100 rubldan oshdi, bundan savdo maydonchasidagi ma’lumotlar darak beryapti. Moskva vaqti bilan soat 09:15 (Toshkent vaqti bilan 11:15)ga kelib, Amerika valutasi deyarli 100,5 rublga yetdi - 11 avgustdagi savdolar yakunidagidan 1,07 rublga (1,07 foizga) ko‘p.
Yevro 109,87 rublgacha ko‘tarildi - juma kuni birja yopilishidagidan deyarli 1,1 rublga (1 foizga) ko‘p.
Rublning dollarga nisbatan beqarorligi iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishni murakkablashtiradi va aholining real daromadlariga salbiy ta’sir qiladi, deb yozdi Vladimir Putinning yordamchisi Maksim Oreshkin TASS nashri ruknida. Uning so‘zlariga ko‘ra, valuta kursi hozirda fundamental darajadan ancha og‘ib ketgan, biroq yaqin kelajakda uning normallashishi kutilmoqda.
Rublning hozirgi qadrsizlanishi asosiy sababi tovarlar va xizmatlar eksporti va importi nisbati bo‘lib qolmoqda, deya ma’lum qildi 11 avgust kuni Rossiya banki raisi o‘rinbosari Aleksey Zabotkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda eksport qiymati 2022 yilning ikkinchi yarmidagi darajasidan taxminan uchdan bir baravar kam, import esa 2022 yil fevrali darajasiga deyarli tiklangan. Eksport tushumidagi asosiy pasayish 2023 yilning birinchi yarmiga to‘g‘ri keldi, biroq valuta tushumlarini olish va uning bozorga kirishidagi kechikishlar ko‘paydi va uning ta’siri vaqt o‘tishi bilan yanada cho‘zildi, dedi Zabotkin.
Bundan tashqari, Rossiya Markaziy banki ichki talabning o‘sishini qayd etdi, bu ham importning o‘sishiga va xorijiy valutaga bo‘lgan talabning ortishiga turtki beradi. Valuta kursi barqaror dinamikasiga ichki talab o‘sishining iqtisodiyot eksport imkoniyatlariga mos kelishi ta’sir qilishi mumkin, dedi Zabotkin. Rossiya banki hozirda moliyaviy barqarorlik uchun hech qanday xavf-xatarni ko‘rmayapti, deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
09:52 / 21.11.2024
Toshkentda qalbaki 9 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
21:33 / 29.10.2024