Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulagani aks etgan video tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulagani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Videoda 42 metrli to‘sinlar qanday qilib qulagani aks etgan. Unda to‘sinlarning bir qismi yuk mashinasini bosib qolganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, odamlar voqea joyiga yugurib kelib, to‘sinlar ostiga hamda mashina kabinasiga qaragan.
Avvalroq Toshkent shahar prokuraturasi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushgani holati yuzasidan o‘rganish natijalarini ma’lum qilgandi.
Unga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgich qurilishidagi 2 mlrd 760 mln so‘mlik zararda 3 nafar mansabdor ham gumon qilinmoqda.
Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025