O‘zbekiston | 12:46 / 15.08.2023
5549
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Quyon pasterellyoziga qarshi vaksina yaratildi

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ilk marotaba mahalliy shtammlar asosida quyonlarning pasterellyoz kasalligiga qarshi GOA formol vaksinasini ixtiro qilishdi.

Institutning mikrobiologiya laboratoriyasi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan mazkur ishlanma Intellektual mulk agentligidan “Quyonlar pasterellyoziga qarshi GOA formol vaksina” patentini oldi.

E’tirof etish kerak, chet eldi ishlab chiqilgan “Quyonlarni pasterellyoziga qarshi ekstrakt formol vaksina”ning 1 litri 52 AQSh dollarini tashkil etadi. Mahalliy shtammlardan tayyorlab ishlab chiqarilgan GOA formol vaksinaning 1 litri 376 ming so‘mga baholangan.

Illyustrativ foto

Ta’kidlash kerak, veterinar olimlar tomonidan yaratilgan ushbu vaksina yurtimizda quyonchilikning rivojlanishiga, quyonchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining iqtisodiy samaradorligi ortishiga hissa qo‘shishi shubhasiz.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid