O‘zbekiston | 07:46 / 16.08.2023
2324
1 daqiqa o‘qiladi

2030 yilgacha Toshkentda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 100 foizi bog‘chaga qamrab olinadi 

Yillar kesimida qamrovni – 2024 yilda 80,1, 2025 yilda 83,6, 2026 yilda 88,4, 2027 yilda 91,3, 2028 yilda 95,7, 2029 yilda 98 hamda 2030 yilda 100 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Foto: Kun.uz

2030 yilgacha Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 100 foizi bog‘chalarga qamrab olinadi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

2030 yilgacha Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3-7 yoshli bolalar qamrovini 100 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Buning uchun 50 ming o‘rinli 400 dan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud 240 ta bog‘chani mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.

Hozirda poytaxtda 3-7 yoshli 200 mingdan ortiq bolalardan 150 mingdan ortig‘i – 77,1 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Xususan, yillar kesimida qamrovni – 2024 yilda 80,1, 2025 yilda 83,6, 2026 yilda 88,4, 2027 yilda 91,3, 2028 yilda 95,7, 2029 yilda 98 hamda 2030 yilda 100 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid