Jahon | 14:59 / 16.08.2023
17566
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab zarbalar va Liman yaqinidagi janglar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 538-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiyalik harbiylar Ukraina hududi bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Lvivda turar joy binolari va bolalar bog‘chasi zarbaga uchragan. Lviv oblasti bo‘yicha jami 19 kishi jarohat olgan. 
  • NATO bosh kotibi ofisi rahbari Stian Yyenssen urushni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan «ehtimoliy yechimlardan biri»ni aytdi: Ukraina o‘z hududlarining bir qismidan voz kechadi va alyansga a’zo bo‘lib kiradi. Ukraina prezidenti ofisidagilar bu taklifni «juda g‘alati» deb atadi. Ukraina TIV esa bunday taklifni «mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligi»ni bildirdi.
  • Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz «ukrainlarning diversiya guruhi» Rossiya hududiga kirib kelishga uringani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina QK zarbalari vaqtida qishloq xo‘jaligi korxonasi ishchisi jarohat olgan.
  • BMT hisoblariga ko‘ra, Ukrainada avgust oyining birinchi yarmida tinch aholi vakillaridan 48 kishi halok bo‘lgan, yana 210 kishi yaralangan.

Lviv bo‘ylab zarba

15 avgust tongida Rossiya qo‘shini Lvivni o‘qqa tutdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 20 ga yaqin uy va taxminan yuzta kvartira shikastlangan. Raketalardan biri bolalar bog‘chasi hududiga kelib tushgan, shuningdek portlash to‘lqini tibbiyot kolleji derazalarini to‘kib yuborgan. Hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi yaralangan, hech kim halok bo‘lmagan.

Ukraina nashrlari Lvivga 15 avgust kuni yo‘llangan zarbalarni urush boshidan buyon Ukraina g‘arbiga qilingan eng keng ko‘lamli zarbalar deb baholagan.

Lvivda rossiyaliklarning raketa hujumi oqibatida shikastlangan ko‘p qavatli uylardan biri
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA
Lvivda yashovchi 64 yoshli Olga Bura otishma vaqtida vayron bo‘lgan kvartirasida
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Lvivliklar Kaxovka ko‘chasida raketa tushishidan hosil bo‘lgan o‘ra yonida
Stanislav Ivanov / Global Images Ukraine / Getty Images
Rossiyaliklar zarbasiga uchragan uylardan birining aholisi
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA
Otishma vaqtida yonib ketgan binolardan birining tomida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Stanislav Ivanov / Global Images Ukraine / Getty Images
Lviv aholisi vakillari raketa zarbasidan keyin hovlida to‘plangan
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Liman yaqinidagi ukrain harbiylari 

Ukraina QK askari okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan yuz kilometr masofadagi Liman shahri yaqinidagi rus pozitsiyalarini o‘qqa tutish oldidan snaryadga «Lviv uchun» yozuvini tushirmoqda. Rossiya qo‘shini strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Liman shahrini 2022 yil may oyi oxirida egallagandi — shahar shu yil 1 oktyabrida Ukraina QK nazoratiga qaytadi, bu Rossiya «DXR» va «LXR», shuningdek Xerson va Zaporijjya oblastlarining ishg‘ol ostidagi qismlari anneksiyasini e’lon qilganidan bir kun o‘tib sodir bo‘lgandi.
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askarlar Boris Latik ismi-sharifi bitilgan snaryadni gaubitsaga joylamoqda — Boris Latik ELEKS kompaniyasi dasturchisi bo‘lib, ko‘ngilli sifatida frontga yo‘l olgan va 10 avgust kuni halok bo‘lgan.
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi Liman yaqinidagi xandaqda
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Kramatorsk bo‘ylab zarba

 

15 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kramatorsk bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Otishma vaqtida oziq-ovqat ombori yonib ketgan — yuk tashuvchi ikki ishchi xarobalar ostida qolgan, ulardan biri halok bo‘lgan. Shuningdek, korxona omborchisi og‘ir jarohat olgan.

Kramatorskda rossiyaliklar zarbasiga uchragan binolardan birida yong‘inga qarshi kurashayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorsk aholisi raketa zarbasidan keyin hududni tozalamoqda
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid