O‘zbekiston | 07:43 / 17.08.2023
4618
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish sohasidagi xizmatlar hajmining yarmidan ko‘pi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan

2023 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha sport, ko‘ngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 536,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sohada ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining 58,1 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida sport, ko‘ngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi:

  • Toshkent shahri – 311,8 mlrd so‘m; 
  • Toshkent viloyati – 97,7 mlrd so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 22,3 mlrd so‘m;
  • Samarqand viloyati – 18,4 mlrd so‘m;
  • Namangan viloyati – 17,7 mlrd so‘m;
  • Jizzax viloyati – 11,7 mlrd so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 11,1 mlrd so‘m;
  • Andijon viloyati – 10,5 mlrd so‘m;
  • Buxoro viloyati – 9,1 mlrd so‘m;
  • Surxondaryo viloyati – 7,7 mlrd so‘m;
  • Xorazm viloyati – 6,1 mlrd so‘m;
  • Navoiy viloyati – 5 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 3,8 mlrd so‘m;
  • Sirdaryo viloyati – 3,4 mlrd so‘m.

Mavzuga oid