O‘zbekiston | 18:04 / 17.08.2023
11119
2 daqiqa o‘qiladi

Energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Umid Mamadaminov energetika vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. Uning mutaxassisligi - sanoat elektronika muhandisi, qayta tiklanadigan energiya manbalari. 

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Umid Mahmudovich Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Umid Mamadaminov 1983 yil 24 yanvarda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universitetini (2006) sanoat elektronikasi va AQShning Oregon texnologiya institutini (2015) tamomlagan.

Mutaxassisligi — sanoat elektronika muhandisi, qayta tiklanadigan energiya manbalari. 

U.Mamadaminov mehnat faoliyatini «Global Tarding and Consulting Service» MChJ rahbari vazifasida boshlagan, 2015−2018 yillarda AQShning STANTEC nomli yirik muhandislik va konsalting kompaniyasida ishlagan, keyinchalik O‘zbekistonda «TCT Agro Cluster» MChJ takroriy ekinlar bo‘limi boshlig‘i, «Evergreen Agriculture» MChJ qo‘shma korxonasi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

U.Mamadaminov mehnat faoliyati davomida sohada ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan davlatlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr ishlab chiqarishga doir loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan.

U 2023 yil fevralidan beri qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid