Ukrainalik bir guruh bolalar O‘zbekistonda dam olish va sog‘lig‘ini qayta tiklash uchun olib kelindi
Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafardan iborat bolalar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bo‘lgan ushbu loyiha o‘zbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Ukraina elchixonasi tomonidan ilgari surilgan tashabbus o‘zbekistonlik biznes vakillari va jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb yozadi Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida.
«O‘zga davlatga sayohat, u yerning madaniyati, an’analari va odatlari bilan tanishish har bir insonning bolalik orzusi bo‘lgan. Kecha ukrainalik bir guruh bolalarning shunday orzusi ushaldi», deb yozadi elchi.
Bolalar Ukrainaning turli burchaklaridan — Xarkiv, Xerson, Zaporijjya, Sumi, Xmelnitskiy, Lviv va Kiyevdan. Toshkentga dam olish va salomatlikni qayta tiklash uchun jami 45 nafar bola va 2 nafar kuzatuvchi kelgan. Ular 12 kun mobaynida «Anor» bolalar oromgohida dam olishadi.
«Ukraina elchixonasining bolalarning ruhiy muvozanatni tiklash, Ukraina shaharlarining har kunlik havo trevogalari va raketa zarbalarini unutishga yordam berish uchun qilgan murojaatiga labbay deb javob bergan O‘zbekiston biznes va notijorat tashkilotlari vakillariga katta tashakkur», — deb yozgan Doroshenko.
Ma’lum qilinishicha, bolalar Polshaning Katovitse shahri orqali O‘zbekistonga keltirilgan.
Mavzuga oid
11:20
Borrel Ukraina uchun 6,5 mlrd yevro ajratilishiga umid qilmoqda
09:00
Ukraina binolarni minalashtirish bilan bog‘liq tahdidlar to‘lqiniga duch keldi
20:14 / 14.10.2024
Rossiyada Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlar Ukrainaga qarshi urushga borishga majburlanayotgani aytildi
13:50 / 14.10.2024