Ukrainlarning qo‘lbola dronlari va g‘alla tashishni tiklagan kema. Urush suratlari
Ukrainada urushning 539-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina mudofaa vazirligi okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan 80 kilometr masofadagi Urojayne posyolkasi ozod etilgani haqida xabar berdi. Rossiya tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.
- Ukraina xavfsizlik xizmati CNN jurnalistlariga tajribada bo‘lgan dengiz droni 17 iyul kuni Qrim ko‘prigiga hujum qilgani aks etgan videoni taqdim etdi. UXX rahbari Vasiliy Malyukning ma’lum qilishicha, hujumda 850 kilogramm miqdorda portlovchi moddalar yuklangan Sea Baby suvosti dronidan foydalanilgan. U UXX o‘tgan yil oktyabridagi hujumga ham aloqador bo‘lganini tasdiqlagan va bunday hujumlar davom etishini ma’lum qilgan.
- Moskva shahri meri Sergey Sobyanin Ukrainada 45 mingga yaqin moskvaliklar jang qilayotganini ma’lum qildi. Uch kun oldin u 30 ming kishi haqida gapirgandi.
- Moskvada Ukrainaga bosqinning ilk davrida Rossiya qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan, RF mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general-polkovnik Gennadiy Jidko vafot etdi. 58 yoshli generalning o‘limi sababi — uzoq davom etgan kasallik.
- Peterburga politsiyasi ikki kun ichida RF fuqaroligiga ega 100 dan oshiq migrant harbiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun harbiy komissariatga yetkazilgani haqida xabar berdi.
Ukrainaliklarning qo‘lbola dronlari
Donetsk oblastidagi ukrain askarlari
Kiyevda harbiy davrdagi yoz
Qora dengizda ukrainlar g‘allasi ortilgan kema
16 avgust kuni ukrainlar g‘allasi ortilgan ilk kema Odessa portidan chiqib yangi humanitar yo‘lak bo‘ylab o‘tgani va allaqachon Ruminiya suvlariga yetib borgani ma’lum qilindi. Germaniyaning Joseph Schulte konteyner kemasi bortida – 30 ming tonnadan ortiq yuk mavjud, jumladan g‘alla ham.
Iyul oyida Rossiya g‘alla kelishuvi muddatini uzaytirishdan bosh tortgandi. Keyinroq Rossiya Ukraina portlariga va teskari yo‘nalishda ketayotgan barcha kemalarni potensial harbiy yuk tashuvchi sifatida ko‘rib chiqishi haqida ogohlantirgan edi.
G‘alla kelishuvi 2022 yil yozida ukrainlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Qora dengizdagi portlardan olib chiqish imkonini bergandi. Kelishuvdan chiqilgach, RF qo‘shinlari Odessa oblastini muntazam o‘qqa tutib, portlar infratuzilmalarini vayron qilishga kirishdi.
Qora dengizda yangi humanitar yo‘lak tashkil etilgani to‘g‘risida Ukraina hukumati 10 avgust kuni e’lon qilgandi. Bu Rossiya bilan kelishilganmi yo‘qmi — aniqlik kiritilmagan. Bayonotda qayd etilishicha, kemalar uchun suvosti minalari bilan bog‘liq xavflar saqlanib qolmoqda, bundan tashqari RF armiyasi tomonidan harbiy tahdidlar ham mavjud.
Mavzuga oid
00:28
AQSh Ukrainani harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 18 ga tushirishga chaqirmoqda
21:58 / 27.11.2024
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
21:03 / 27.11.2024
Uchinchi jahon urushidan qo‘rqqan podkaster Jo Rogan Zelenskiyni so‘kdi. Unga Klichko va boshqa ukrainlar javob qaytardi
17:32 / 27.11.2024