Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Ukraina va Moldovaga Rossiya hamda Belarus uchun mo‘ljallangan dasturlar pulini beradi
Yevropa Ittifoqining Rossiya va Belarus bilan bo‘lajak qo‘shma dasturlari uchun mo‘ljallangan millionlab yevro mablag‘ Ukraina va Moldova bilan hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltiriladi, deya xabar berdi Yevrokomissiya.
Yevropa komissiyasi dastlab Rossiya va Belarus bilan qo‘shma dasturlar uchun mo‘ljallangan Qo‘shnichilik, taraqqiyot va xalqaro hamkorlik jamg‘armasidan 135 million yevroni Ukraina va Moldova bilan hamkorlik dasturlariga o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda 16 avgust, chorshanba kuni Yevrokomissiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bu qaror - «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi natijasi», deya aniqlik kiritdi Yevrokomissiyaning muvofiqlik va islohotlar bo‘yicha vakili Eliza Ferreyra. «Dastlab ushbu hamkorlik uchun foydalanish rejalashtirilgan mablag‘lar endi Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqi dasturlariga foyda keltirishidan mamnunman. Bu Yevropa Ittifoqi mintaqalari va manfaatdor tomonlarning Ukraina va Moldova hamkorlari bilan hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi», dedi u.
Xususan, gap 2021-2027 yillarga Rossiya va Belarus bilan Interreg NEXT dasturlari uchun mo‘ljallangan budjet mablag‘lari haqida ketmoqda. Endi ular Ukraina va Moldova bilan Interreg dasturlariga yo‘naltiriladi, masalan, «birdamlik liniyalari» va transchegaraviy transport aloqalarini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, ta’lim va tadqiqot loyihalari, ijtimoiy integratsiya sxemalari, shuningdek, Ukraina va Moldova davlat organlari salohiyatini mustahkamlashga. Interreg dasturlarida ishtirok etish, shuningdek, Ukraina va Moldovaga ma’muriy salohiyat va Yevropa Ittifoqi fondlarini rivojlantirish hamda boshqarish tajribasi nuqtayi nazaridan ustunlik beradi, deya qayd etdi Yevropa komissiyasi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli harbiy harakatlari boshlanganidan so‘ng, Yevrokomissiya Rossiya va Belarus bilan Interreg dasturlari doirasida hamkorlikni to‘xtatdi. Natijada Ukraina va Moldova bilan hamkorlik dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 26 million yevro qayta ajratildi. Amaldagi qaror 2027 yilgacha bo‘lgan davr uchun qolgan mablag‘larni xuddi shunday tarzda qayta taqsimlaydi.
Yevropa komissiyasi, shuningdek, Rossiya va Belarus bilan hamkorlik dasturlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan Finlandiya, Estoniya, Latviya va Polsha mintaqalari Interreg mintaqalararo hamkorlikning boshqa mavjud dasturlarida ishtirok etishi mumkinligiga qaror qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025