Jahon | 21:45 / 18.08.2023
9832
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada xususiy samolyot trassaga quladi. 10 kishi halok bo‘ldi

Kichikroq xususiy samolyot Malayziya poyxtaxti Kuala-Lumpur shahridagi aeroportga qo‘nayotganida trassaga mototsikl va avtomobil ustiga qulagan. 17 avgust kuni sodir bo‘lgan mazkur voqeada rasmiylarning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 10 kishi halok bo‘lgan.

Shoh A’lamdagi samolyot qulagan joyning umumiy ko‘rinishi. Foto: REUTERS

Beechcraft Model 390 modelidagi yengil xususiy biznes jyet sahnidagi olti yo‘lovchi va ikki ekipaj a’zosi bilan aeroportga qo‘nishiga biroz qolganida Elmina shaharchasi yaqinida mahalliy vaqt bilan 14:50 da halokatga uchragan, degan Selangor politsiyasi boshlig‘i Husayn Umar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchoq dispetcherlik minorasi bilan aloqani yo‘qotgan va shosseda ketayotgan mototsikl va avtomobil bilan to‘qnashib yonib ketgan.

«Hech qanday shoshilinch holat ro‘y bermagan, samolyot qo‘nish uchun ruxsat olgan bo‘lgan», — degan Husayn Umar.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan.

Malayziya fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi (CAAM) ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, ushbu reys Langkavi kurort orolidan sulton Abdulaziz Shoh nomidagi Selangor aeroporti tomon uchayotgan bo‘lgan.

CAAM ijrochi direktori Nurazman Mahmudning aytishicha, samolyot soat 14:47 da havo harakatini boshqaruvchi Subang minorasi bilan soat 14:47 da aloqaga chiqqan, soat 14:48 da unga qo‘nishga ruxsat berilgan.

«Soat 14:51 da Subang dispetcherlik minorasi samolyot qulagan joydagi tutunni payqagan, biroq samolyot bungacha falokat signalini bermagan», — deyiladi bayonotda.

CAAMdagilarning xabar berishicha, reysni shaxsiy samolyotlarga xizmat ko‘rsatuvchi Jet Valet Sdn Bhd Malaziyskaya kompaniyasi amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Jet Valet keyinroq halokatning tergov-surishtiruv ishlarida hukumatga yordam berishini ma’lum qilgan. 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid