Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Isroil 4 ta sohada qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish ustida ishlayapti
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov va Isroil savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (SSPF) raisi Uriel Linn o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, tekstil va farmatsevtika sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston va Isroil savdo-sanoat palatalarining hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar rejasini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, tekstil, farmatsevtika sohalarida investitsiyaviy loyihalarini ishlab chiqish va o‘zbek milliy mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Isroil Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida 2013 yilda hamkorlik memorandumi imzolangan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025