Prezident: muammolarni bevosita biznes vakillarining o‘zidan eshitib, birgalikda yechim topish - eng to‘g‘ri yo‘l
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Tadbir avvalida davlat rahbari faol tadbirkorlarga yuksak davlat mukofotlarini topshirdi.
Ayni paytda prezident mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida nutq so‘zlamoqda.
“Turli ziddiyatlar tufayli logistika va mahsulot yetkazib berish zanjirining uzilgani, hamkor mamlakatlar valutasining qadrsizlangani, global miqyosdagi yuqori inflatsiya oqibatida moliyaviy resurslarning qimmatlashgani kabi omillar ta’sirini tadbirkorlarimiz juda yaxshi bilishadi.
Tan olish kerak, bundan buyon ham oson bo‘lmaydi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri saboq chiqarib, faqat oldinga intilsak, bizning mehnatkash xalqimiz, ishbilarmon tadbirkorlarimiz har qanday mashaqqatni albatta yengib o‘tadi, men bunga ishonaman”, - dedi davlat rahbari nutqining avvalida.
Bunday murakkab sharoitda muammolarni bevosita biznes vakillarining o‘zidan eshitib, ularga birgalikda yechim topish va bu orqali tezkorlik bilan qaror qabul qilish eng to‘g‘ri yo‘l ekani qayd etildi.
Mavzuga oid
18:39 / 14.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Kelesdagi o‘zgarishlar, Zangiota va Yangiyo‘ldagi loyihalar bilan tanishdi
04:09 / 12.10.2024
Shavkat Mirziyoyev «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» esdalik medali bilan taqdirlandi
18:31 / 11.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashdi
16:34 / 11.10.2024