Qamashi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xurshid Usmonov Qamashi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Tumanning oldingi hokimi vazir o‘rinbosari bo‘lgan.
Bugun, 18 avgust kuni xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Xurshid Abdukarimovich Usmonovni Qamashi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Xurshid Usmonov 1979 yil Kasbi tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti magistraturasini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tamomlagan.
Tayinlovga qadar viloyat «Qashqadaryo suv ta’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qamashi tumaniga 2020 yil oktyabridan buyon Botir Tog‘ayev rahbarlik qilib kelgandi. U 2023 yil avgustida qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgandi.
Mavzuga oid
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
18:37 / 12.10.2024
Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi
13:30 / 10.10.2024
Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
10:06 / 10.10.2024