Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent mahalliy aeroporti binosi oldiga avtomobillar kirishi mumkin bo‘ladi
Toshkent aeroporti mahalliy terminali oldidagi panjara demontaj qilinib, rekonstruksiya ishlari boshlandi. Binoga mashinada kirib borish va 5 daqiqagacha qolish mumkin.
Uzbekistan Airports kompaniyasi «Toshkent-3» mahalliy aviaqatnovlar terminali oldidagi maydonni rekonstruksiya qilishni boshladi. Loyihaga ko‘ra, avtotransport vositalarining terminal oldiga kirishi soddalashtiriladi.
Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, uchta alohida yo‘lak ajratiladi: aeroportning rasmiy taksilari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, hududga 5 daqiqagacha kirishga ruxsat berilgan barcha avtomobillar uchun.
Avtomobillarning odamlarni kutib olish va kuzatish yo‘lagi xalqaro aviaqatnovlar terminalidagi yo‘l o‘tkazgich (estakada) tamoyili asosida ishlaydi. Avtomobilning yo‘lakda turish vaqti 5 daqiqadan oshib ketgan taqdirda o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarimalar yuboradi.
Vokzal maydonini rekonstruksiya qilish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 17 apreldagi 159-sonli «Aeroportlar, temiryo‘l va avtovokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Rekonstruksiya ishlarini 2023 yil avgust oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2024 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda ham terminal atrofi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:45 / 29.04.2025
Yangilangan yo‘lak va perronlar, buziladigan aerovokzal – Andijon xalqaro aeroportidan reportaj
20:31 / 20.03.2025
Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi
16:16 / 15.03.2025