Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalada yangi prezident saylandi
Sobiq prezident Arevaloning o‘g‘li mamlakatning yangi rahbari bo‘ladi.
Gvatemala prezidentligiga nomzod, Semilla harakati vakili Bernardo Arevalo prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi.
Oliy saylov tribunaliga ko‘ra, saylov byulletenlarining qariyb 95 foizi hisoblab chiqilganidan keyin, Arevalo 59 foiz ovoz to‘plagan. Uning raqibi, sobiq birinchi xonimi Sandra Torres 36 foiz ovoz to‘pladi.
Arevalo Gvatemala poytaxtida ovoz berganidan so‘ng, «Biz hammamiz mamlakat kelajagini belgilash uchun o‘z fikrimizni bildirishga haqli va sharaflimiz», dedi.
Lavozimini tark etayotgan va saylovda ishtirok etmagan amaldagi prezident Alexandro Jamattei natijalar e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Arevaloni tabrikladi va natijalar rasman e’lon qilingach, hokimiyatni topshirishni boshlashni taklif qildi.
Bernardo Arevalo - Gvatemalaning birinchi demokratik yo‘l bilan saylangan rahbari Xuan Xose Arevaloning o‘g‘li. U korrupsiyaga qarshi platforma orqali sayovda qatnashdi.
Mavzuga oid
00:49 / 11.02.2025
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga quladi. Kamida 51 kishi halok bo‘ldi
18:21 / 08.11.2024
Gvatemalada sobiq Bosh shtab boshlig‘i uchun qariyb 3 ming yil qamoq jazosi so‘raldi
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
22:45 / 19.08.2024