Qirg‘iziston va O‘zbekiston ishchi guruhlari chegaralarni demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
Tomonlar maxsus (umumiy) geodeziya tarmog‘ini yaratish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshladi.
13-19 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalari qo‘shma qirg‘iz-o‘zbek demarkatsiya komissiyasidagi ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama etildi va demarkatsiya ishlarini olib borish uchun maxsus (umumiy) geodeziya tarmog‘ini yaratish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borildi.
Qayd etilishicha, muzokaralar do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tgan va uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolangan.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024