Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘smoqda. Joriy yilning 1 iyulidan boshlab Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Qo‘shma korxonalar soni 2,5 mingdan oshdi.

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining ustuvor tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalarini olqishladilar.
Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan qo‘shma Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining joriy yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan sammitlariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.





Mavzuga oid
11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
20:26 / 21.02.2025
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari
13:00 / 09.11.2023