Farg‘ona vodiysida «Arablar shaharchasi» barpo etilishi mumkin
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqchi.
O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida, Toif shahridagi tadbirkorlardan biri Yusuf Turkistoniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes-qulayliklar haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, Yusuf Turkistoniy O‘zbekistonda biznesini kengaytirish harakatida ekanligini ma’lum qildi. Jumladan, ayni paytda u Farg‘ona vodiysida «Arablar shaharchasi» nomli turistik dam olish maskanini barpo etishni rejalashtirmoqda.
Suhbatdoshning ta’kidlashicha, ushbu turistik maskanni Farg‘ona shahri va Chimyon sanatoriysi o‘rtasidagi adirliklarda, 15 gektar yer maydonda barpo etish mo‘ljallanmoqda. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 3 million dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024