Italiyalik qo‘shiqchi Toto Kutunio vafot etdi
L’Italiano qo‘shig‘i butun dunyo bo‘ylab hitga aylangan xonanda 80 yoshda edi.
Italiyalik qo‘shiqchi Toto Kutunio 80 yoshida vafot etdi.
Ansa agentligi xabariga ko‘ra, musiqachi Milandagi San-Raffaele shifoxonasida olamdan o‘tgan.
Artistning menejyeri Danilo Mankuzo Kutunio uzoq vaqtdan buyon xasta bo‘lgani va so‘nggi oylarda ahvoli og‘irlashganini ma’lum qilgan.
Salvatore «Toto» Kutunio 1943 yil 7 iyulda Toskanadagi Fozdinovo shahrida tug‘ilgan.
U o‘z faoliyatini kompozitor sifatida boshlagan. 1970-yillarda qo‘shig‘i taniqli fransuz qo‘shiqchisi Jo Dassen tomonidan ijro etilishi unga muvaffaqiyat keltiradi. U Adriano Chelentano, Mirey Mate, Dalida kabi mashhurlar hamda Ricchi e Poveri guruhi bilan ham hamkorlik qilib, ular uchun musiqa bastalagan.
1970-yillar oxirida Kutunio o‘zining yakkaxon pop-karerasini boshlagan. 1980 yilda u San-Remodagi musiqa tanlovida «Solo noi» qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘ladi. Uch yil o‘tib u «Lʼitaliano» kompozitsiyasi bilan konkursda qatnashadi va bu qo‘shiq unga olamjahon mashhurlik keltiradi. 1990 yilda Kutunio «Insieme: 1992» kompozitsiyasi bilan «Yevrovideniye» konkursida g‘olib chiqqan.
Mavzuga oid
12:30
Toshkentda birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkaziladi
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
11:20 / 09.09.2024