Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘zini yo‘qotgan jangchining to‘yi va chernihivlik yarador bolalar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 544-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyaning Chernihivga raketa zarbasi jabrlanuvchilari soni 181 nafarga yetdi (shundan yetti kishi halok bo‘lgan). Bundan oldingi ma’lumotlarda jabrlanganlar soni 156 nafarni tashkil qilishi aytilgandi.
- «Proyekt» nashri aniqlashicha, Rossiya FVV rahbari Aleksandr Kurenkovning sirli rafiqasi bor — pravoslavlarning notijorat tashkiloti rahbari Yelena Milskaya. Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, u okkupatsiya qilingan hududlardan ukrain bolalarini Rossiyaga deportatsiya qilishga aloqador.
- 21 avgust kuni Rossiya hududida beshta dron urib tushirildi: biri — Kaluga oblastida, ikkitasi — Moskva oblastida, yana ikkitasi — Belgorodda. Moskva atrofida dronlar qulashi oqibatida ikki kishi jarohat olgan. Ukraina razvedkasi Kaluga oblastiga hujumga aloqadorligini tasdiqlagan.
- Rostov-na-Don aholisi ham portlashlar haqida xabar bergan. Gubernator buni samolyot tovushdan tez uchib o‘tgani bilan izohlagan, telegram-kanallarda esa havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgani haqida yozilgan.
Jangda ko‘zidan ayrilgan ukrainalik askarning to‘yi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Chernihivga zarbadan keyin shifoxonaga tushgan bolalar
Andre Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Andre Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Andre Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylarining Donbassdagi pozitsiyasi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Xreshchatikda RF armiyasining o‘lja qilib olingan harbiy texnikalari
Mustaqillik kuni arafasida Kiyev shahri markazida Rossiya qo‘shinlarining yakson qilingan harbiy texnikalari ko‘rgazmasi tashkil etildi — jami 20 ga yaqin texnikalar. Yakson qilingan tanklar va RF armiyasining boshqa texnikalarini Kiyev markaziga olib kelish 20 avgust kuni boshlangandi. Rossiyaliklarning o‘lja qilib olingan harbiy texnikalari Ukraina poytaxtida o‘tgan yil avgustida ham namoyish etilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025