Iqtisodiyot | 11:54 / 23.08.2023
27977
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda funduk yetishtirish va uni qayta ishlash rejalashtirilmoqda

Bu borada Ozarboyjon bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. 

O‘zbekistonda Ozarboyjon bilan hamkorlikda funduk yetishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga davlat tashrifi dasturi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov «Agrarko» kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida fundukni O‘zbekistonda yetishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Funduk mevasi avgust-oktabr oylarida pishadi, uning bir tupidan 8-10 kg hosil olish mumkin. Fundukzor hosildorligi gektariga 2-3 tonnani tashkil qiladi.

Mavzuga oid