«Rosaviatsiya» Tver viloyatida halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatini e’lon qildi
Ular orasida Yevgeniy Prigojin va Dmitriy Utkin ham bor.
«Rosaviatsiya» federal havo transporti agentligi Tver viloyatida halokatga uchragan xususiy samolyot yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari ro‘yxatini e’lon qildi.
Biznes-jyetda quyidagi yo‘lovchilar uchgan: Sergey Propustin, Yevgeniy Makaryan, Aleksandr Totmin, Valeriy Chekalov, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi komandiri Dmitriy Utkin, Nikolay Matuseyev, xususiy harbiy kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojin.
Shuningdek, samolyotda bort komandiri Aleksey Levshin, ikkinchi uchuvchi Rustam Karimov va styuardessa Kristina Raspopova ham bo‘lgan.
«Fontanka» nashri ma’lumotiga ko‘ra, halokatga uchragan samolyotda «Vagner» operatori, logisti va Prigojinning shaxsiy qo‘riqchilari ham bo‘lishi kerak edi.
Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot 23 avgust kuni kechqurun Tver viloyatining Kujyenkino qishlog‘i yaqinida qulab tushdi. Bu «Vagner» asoschisining isyonidan ikki oy o‘tgach sodir bo‘ldi.
Hozircha, Yevgeniy Prigojin va Dmitriy Utkin o‘limi haqida rasman xabar berilmadi.
Mavzuga oid
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
22:43 / 21.10.2024
Sudanda sahnida rossiyaliklar bo‘lgan yuk samolyoti urib tushirildi
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
20:33 / 18.09.2024