Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Fukushima AES suvini okeanga oqizishni boshladi
Atom elektr stansiyasida o‘rnatilgan rezervuarlarda 1,34 mln tonnaga yaqin tozalangan suv bor. Jarayon xavfsiz ekani aytilmoqda, ammo Xitoy va Janubiy Koreya e’tiroz bildiryapti.
Yaponiya hukumati favqulodda holatdagi Fukushima-1 atom elektr stansiyasi reaktorlarini sovitish uchun foydalanilgan tritiyli, tozalangan radioaktiv suvni Tinch okeaniga quyishni boshladi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Fukushimada o‘rnatilgan rezervuarlarda taxminan 1,34 million tonna tozalangan suv to‘planib qolgan. Agar suv oqizilmasa, 2024 yilga borib, rezervuarlar to‘ladi.
Tritiyli suv dengiz suvi bilan 1:1200 nisbatda suyultiriladi va qirg‘oqdan taxminan bir kilometr masofada joylashgan quvurlar orqali okeanga oqiziladi. Bundan tashqari, qayta oqizish uchun kundalik cheklov ham bor. Taxminlarga ko‘ra, barcha suv hajmi bosqichma-bosqich, 30 yilda oqizib yuboriladi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) bunday jarayon uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayapti, u xavfsizlik standartlariga to‘liq mos keladi. Shunga qaramay, jarayon Xitoy va Janubiy Koreyada e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Xitoy yapon dengiz mahsulotlari importini to‘xtatganini e’lon qildi.
Fukushima-1 AES avariyasi 2011 yil 11 mart kuni sodir bo‘ldi. Kuchli zilzila va sunami oqibatida stansiyaga zarar yetdi. Avariyaga Xalqaro yadroviy hodisalar shkalasi (INES) bo‘yicha maksimal 7-daraja berilgan edi.
Fukushima-1 AES 2050 yilgacha yopilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025