O‘zbekiston | 08:25 / 25.08.2023
6300
2 daqiqa o‘qiladi

Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchilari soliq hisobotiga aniqlik kiritishi mumkin

Tugatilayotgan soliq to‘lovchining hisobotlari va soliq maslahatchisining ma’lumotlari o‘rtasida tafovut aniqlanganda, xulosa olingunga qadar, soliq to‘lovchiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati berilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 noyabrdagi 664-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 400-son qarori qabul qilindi.

O‘zgartirishlar bilan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda, soliq organlarini xabardor qilishning so‘nggi muddati 7 ish kunidan 10 ish kunigacha uzaytirilmoqda.

Shuningdek, tugatilayotgan soliq to‘lovchining hisobotlari va soliq maslahatchisining ma’lumotlari o‘rtasida tafovut aniqlanganda, xulosa olingunga qadar, soliq to‘lovchiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati berilmoqda.

Shu bilan birga, soliq maslahatchisining tegishli xulosa shakli tasdiqlanmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22 avgustdan kuchga kirdi.

Mavzuga oid